Music Video

Music Video

Credits

PERFORMING ARTISTS
Shohruhxon
Shohruhxon
Performer
COMPOSITION & LYRICS
Shohruhxon Yuldashev
Shohruhxon Yuldashev
Composer

Lyrics

Mayin shamol eltar beg'ubor, hayollarim sen tomon
Endi faqat shu hayol bilan ovunarman ehtimol
Seni yo'qotmoq ishon hech qachon xayolimga kelmagan
Bechora yurak bo'lib ming bo'lak, o'zga yorni sevmagan
Oppoq libos egningda lek, ko'zingda yosh yolg'izim
Nahot mendan kechding oson, ey bag'ritosh sevgilim
Oppoq libos uzra bugun yog'moqda kuz yomg'iri
Bormikan ayt bir yurakka bu azobdan og'iri, ey
Afsus, afsus afsonalar bo'lolmadi sevgimiz
Bugun shu on, biz ikki tomon ketmoqdamiz ikkimiz
Dilimda hasrat, yurakda bir dard hijronda menday telba yo'q
Nahotki shunday sevgi muhabbat dardiga hech chora yo'q
Oppoq libos egningda lek, ko'zingda yosh yolg'izim
Nahot mendan kechdingmi oson, ey bag'ritosh sevgilim
Oppoq libos uzra bugun, yog'moqda kuz yomg'iri
Bormikan ayt bir yurakka, bu azobdan og'iri, ey
Nahotki seni yo'qotdim g'am alamlar yuragimda, osmonimda
To'lin oy yig'lagandek, sirlarimda bilganidek
Turfa dunyo o'zga olam osmonlarga tegdi nolam
Endi senga men begona, vaqt begona, dard begona
Written by: Shohruhxon, Shohruhxon Yuldashev
instagramSharePathic_arrow_out

Loading...