Credits
PERFORMING ARTISTS
Xurshidbek Qahhorov
Performer
COMPOSITION & LYRICS
Sunnat Sultan
Songwriter
Lyrics
Qoching yoʻldan anvoyi gullar
Vada bergan vaqtim oʻtyabdi
Duolari umrimni qoʻllar
Uyda meni onam kutyabdi
Yoʻllarimga koʻzi moʻltirab
Ovqatimni choyimni oʻrab
Deraza peshtoqidan qarab
Uyda meni onam kutyabdi
Kechiksam gar qilar qoʻngʻiroq
Nolimas hech sezilar biroq
Deydi bolam kelginda tezroq
Uyda meni onam kutyabdi
Olam shovqi toʻxtaganida
Boyqush yemish ovlaganida
Butun olam uxlaganida
Uyda meni onam kutyabdi
Bunday mehr qayda bor tekin
Soʻramaydi zahmatin chekin
Keldingmi deb jilmayar sekin
Uyda meni onam kutyabdi
Kuttirmayin onajonimni
Boray tezroq tejab onimni
Ilhaq boʻlib men yomonini
Uyda meni onam kutyabdi
Duogoʻyim toju davlatim
Gʻam buzolmas metin sarhatim
Izi tavof poyi jannatim
Uyda meni onam kutyabdi
Written by: Sunnat Sultan

