Credits
PERFORMING ARTISTS
Sevara Nazarkhan
Performer
Abdulaziz Karim
Performer
COMPOSITION & LYRICS
Abdulaziz Karim
Songwriter
Lyrics
Uzun-uzun karvon yasab samoda,
Uchib o‘tar qayga turnalar -
Ikkimizning sevgimizni joylashga
Dunyo bag‘ri tor shunchalar.
Nelargadir bo‘ysundikmi bizlar ham,
Taqdir bizni shu ko‘yga soldi,
Bu dunyoning azal-abad biri kam,
Kami uchun sevgimiz oldi.
Yagonam o‘zing, yagonam o‘zing,
Uzun-uzun o‘ylarim bag‘riga cho‘mdim,
Yagonam o‘zing, yagonam o‘zing,
Ko‘rinadi ma`yusgina nigohing
Sen mening bahorim, sen mening orim,
Gullarga bezaysan, gullarga,
Sen kelsang dildagi shubha,
Armonlar sochilib qoladi yo‘llarga.
Nelargadir bo‘ysundikmi bizlar ham,
Taqdir bizni shu ko‘yga soldi,
Bu dunyoning azal-abad biri kam,
Kami uchun sevgimiz oldi.
Yagonam o‘zing, yagonam o‘zing,
Uzun-uzun o‘ylarim bag‘riga cho‘mdim,
Yagonam o‘zing, yagonam o‘zing,
Ko‘rinadi ma`yusgina nigohing
Written by: Abdulaziz Karim