album cover
Statistika
31
Pop
Statistika was released on July 4, 2025 by Yuzlabel as a part of the album Statistika - Single
album cover

Music Video

Music Video

Lyrics

DupliciYo gone flex on that shit
Nega hammasi boʻladi qiyin?
Mingta tanish bor, narxi — bir tiyin
Hatto oshimni ham yoʻq-ku tayin
Oʻzi dunyo qiladi atayin
Omad — yolgʻon, bunga misol doʻstlarim
Balki hammasiga sababchi oʻzlari?
Boʻlmasa son, kim boʻlmasamam boʻlaman inson, lekin
Yaxshi inson boʻlish mistika
Ahmoqlar soni — statistika
Man doim qoʻrqaman критика'dan
Shuning uchun kiyindim butikdan
Doʻstlarim koʻp edi, endi qani?
Ulardan qoldi faqat raqami
Hayotda tanlovlar koʻp edi
Lekin man doim tanlaganman musiqani
Dadam hayron edi
Nega kechasiyam свет yoniq xonamda?
U счётчик koʻp pul yozishdan qoʻrqar edi
Lekin man qoʻrqardim boʻlishga xonanda
Orzu tomon, yoʻq, boʻlmaydi oson
Man Forest Gampman yoki Robinzon
Oʻzgarsa ham mani pullarim soni
E Xudo, doim qolay man inson boʻlib (Qolay man inson boʻlib)
Omadni oʻzi — bu mistika
Omadsizlik — bu statistika
Man doim qoʻrqaman критика'dan
Shunga qiziqmas политика
Doʻstlarim koʻp edi, endi qani?
Manimcha yolgʻizman, endi aniq
Mantiqsizlik juda koʻp edi
Lekin man doim tanlaganman logikani (qarz)
Oʻn beshi yorugʻ, oʻn beshi qorongʻi, Oy, Yer, umr, hayot
Yoʻlovchiga yoʻl, man esa bir manzilidan adashgan telba sayyoh
Atrofdagilar koʻzingga qarab gapirolmay, ortingdan kulishga tayyor
Vaqt — oliy hakam, oʻzi koʻrsatar kimni boshida sinishi tayoq
Orqa partadan boshlangan maktab
Yurdim anglamay, sumka yetaklab
Orzuli hayot — shirin ertakday
Yugurdim, topganim — cheksiz yoʻlaklar
Afsus, hayotimda kerak boʻlmasa bir mavzu
Balki kiyimimga toʻgʻri kelmagandir mavsum?
Toʻgʻri, taqdir yoʻli yo baland, yo pastdir
Balki yangi kiyim hidini hatto bilmas u
Gʻamsiz bolalik, qalbimda mo’tam
Yosh oilasidan vos kechgan ota
Hammasi oʻtar, yana tong otar
Hammasi oʻtar, tezroq kun botar
Ishladim, ketdim, aldadim, sevdim — qariyb oʻttizdaman
Intildim choʻqqilar sari, endi chuqurdirman, balki tubsizdanam
Aytmoqchi boʻlganim — statistik ma’lumotlarda oddiy omadsizman
Balki baxt toʻliq shaklda uchrab qolar yoʻlimda yo, balki, qisman
Nima boʻlganda ham, gʻam chekish yoʻq, toki urarkan yuragim
Atrofdigilarga omad, ular ham sayyoh yoʻlidagi
Yaxshi inson boʻlish — mistika
Ahmoqlar soni — statistika
Man doim qoʻrqaman критика'dan
Shuning uchun kiyindim butikdan
Doʻstlarim koʻp edi, endi qani?
Ulardan qoldi faqat raqami
Hayotda tanlovlar koʻp edi
Lekin man doim tanlaganman musiqani
Written by: Rakhimov Bobur, Sanjar Xolmatov
instagramSharePathic_arrow_out􀆄 copy􀐅􀋲

Loading...