album cover
Qorincha
album cover
Qorincha was released on August 3, 2025 by Yuzlabel as a part of the album Qiymat
AlbumQiymat
August 3, 2025
LabelYuzlabel
BPM130
Melodicness
Acousticness
Valence
Danceability
Energy

Lyrics

Insta kasali, hamma goʻzal
Moshina, salon quyoshni toʻsar
Puli yoʻq deydi piyoda boʻlsa
Qarzga boʻlsayam sotib olsa
Yozaman gilamda yotib asar
Farqi yoʻq kimgadir yoqmasa
Qiziqmas trendlarni oqimi sal
Sen uchun oʻtmas hayotim asal
Farqi yoʻq sochimga oq oralasa
Farqi yoʻq kommentda kim qoralasa
Reyting tushsa yoki yuqorilasa
Bir kun tushasan, bir koʻtarilasan
Kimgadir bu qoʻshiq bemani
Tushunmaganlar koʻp тема'ni
Men ham bir oddiy odam, sodda
Tushunmiman система'ni (Au)
U-u, kerak boʻlsa juda zoʻr kuyliman-u
Lekin shou-biznes bundan xursandmas deb oʻyliman-u
U-u, sahnada men taxtadek oʻyniman-u
Borim shu, kimnidir xafa qib qoʻymiman-u
Yaxshimasman, yomonmas — qabul et borimcha
Kimda kam, kimda koʻp? Ne keragi bor oʻlchab?
Hazilkash, jahldor, diplom yoʻq, aql bor (Aha)
Qancha harakat qilsam ham ketmadi qorincha (Kung Fu Panda)
Yaxshimasman, yomonmas — qabul et borimcha
Kimda kam, kimda koʻp? Ne keragi bor oʻlchab? (U-ye)
Hazilkash, jahldor, diplom yoʻq, aql bor (Гений)
Qancha harakat qilsam ham ketmadi qorincha (A)
Kimda qancha ot kuchi kapotda
Farqi yoʻq qaytdan nima gap oʻtdi
Heyterlar nima desayam: «Ha, boʻpti»
Farqi yoʻq ularga bergan javobdan
Ular gapiradi, gapini sifati yoʻq
It huraveradi, men yigʻaman stadion
Oʻzi chaqiradi: TV yoki radio
Lekin menga buni hech keragi yoʻq (Au)
Krinj, lol, keksiz boʻlaman trendda
Понт, pul, sekssizam boʻlaman brend
Kamina — Betmen, RE.M — Alfred-ku
Yozmiman qofiyalar «rep конкрет» типа
Kiymiman koʻylak, zaponka
Koʻchamasman-u, gapim gap
Agar eshitsam gapim uchun gap
Yurmiman birovlarga toʻnkab (Au)
U-u, kerak boʻlsa juda zoʻr kuyliman-u
Lekin shou-biznes bundan xursandmas deb oʻyliman-u
U-u, sahnada men taxtadek oʻyniman-u
Borim shu, kimnidir xafa qilib qoʻymiman-u
Yaxshimasman, yomonmas — qabul et borimcha
Kimda kam, kimda koʻp? Ne keragi bor oʻlchab?
Hazilkash, jahldor, diplom yoʻq, aql bor (Aha)
Qancha harakat qilsam ham ketmadi qorincha (Kung Fu Panda)
Yaxshimasman, yomonmas, qabul et borimcha
Kimda kam, kimda koʻp? Ne keragi bor oʻlchab? (U-ye)
Hazilkash, jahldor, diplom yoʻq, aql bor (Гений)
Qancha harakat qilsam ham ketmadi qorincha (Au)
Kung Fu Panda (U-ye)
Гений
Written by: Alinur Rashidov, Sharifjon Abdullayev
instagramSharePathic_arrow_out􀆄 copy􀐅􀋲

Loading...