album cover
Zolim
album cover
Zolim was released on August 3, 2025 by Yuzlabel as a part of the album Qiymat
AlbumQiymat
August 3, 2025
LabelYuzlabel
BPM70
Melodicness
Acousticness
Valence
Danceability
Energy

Lyrics

Sen meni qutqar oʻzimni oʻzimdan
Agar sen ketsang, yolgʻizlik — bu zindon
Kunlarim bir qora, bir oq, bir umr kerakmas birrov
Kechir, men oʻynadim gʻirrom, oʻzimga qildim ogʻirroq
Senga: «Qutqar», — deyman-u, oʻzim qilaman yakson
Senga: «Yoʻqol», — desam ham, iltimos, ketma, keraksan
Kechir, homush damlaringda baxting oʻgʻirladim oʻgʻridek
Jahlda aqldan ozdim, oʻz fikrimni toʻgʻri deb
Sevgini izlab, oʻzimni berganim boʻldi urush
Yutdim bu urushni, lek seni koʻnglingni ogʻritib
Agarda hammasi joyida boʻlganida, koʻzlaringdan chiqmidi-ku yosh
Bizni jannatmakon sohil muzladi (Sovuq), endi chiqmidi quyosh
Bor kuchim bilan: «Qutqar», — deya baqiraman-u, senga eshitilmidi goʻyo
Har safar koʻzingdan yoshlar oqmasin, axir yetmidi boʻyoq
Kunlarim bir qora, bir oq, lekin hammasida yonimdasan
Bilmadim bu nechanchasi, lekin yana ber, agar imkonim boʻlsa
Hattoki dunyo begona koʻringandayam, yaqin insonim — bu sen
Meni oʻzimdan oʻzimni qutqar, axir eng zolim — bu men
Sen meni qutqar oʻzimni oʻzimdan
Agar sen ketsang, yolgʻizlik — bu zindon
Uzundan uzun yoʻllarimda
Sen meni qutqar oʻzimni oʻzimdan
Koʻz yoshingni art, biz hammaga namuna
Ular koʻradi baxtingni, koʻrmidi kamini
Har doim ham bir xil boʻlmas ekan umr
Sevishga vaqti yoʻqlarni zamoni
Oʻzim bilan oʻzim kelisholmay urishda
Qop-qora bulutlar qopladi samoni
Foyda yoʻq yurakka buyurishdan
Malikasiz bu qasrda asirdek, barcha yutuqlarim ma’nosiz
Oddiy kasallik ham davosiz, mazmunsiz yuraman oʻzim
Yolgʻizlik kunlari juda ham uzun
Men yana har doimgidek choʻkaman, sen yana qutqarasan, ja boʻlsa
Sen meni qutqar oʻzimni oʻzimdan
Agar sen ketsang, yolgʻizlik — bu zindon
Uzundan uzun yoʻllarimda
Sen meni qutqar oʻzimni oʻzimdan
(Oʻzimni oʻzimdan)
(Oʻzimni oʻzimdan)
(Oʻzimni oʻzimdan)
(Oʻzimni oʻzimdan)
Written by: Alinur Rashidov, Sharifjon Abdulayev
instagramSharePathic_arrow_out􀆄 copy􀐅􀋲

Loading...