album cover
Arosat
374
Hip-Hop/Rap
Arosat was released on October 10, 2025 by Harmoney Music Group as a part of the album Arosat - Single
album cover
Release DateOctober 10, 2025
LabelHarmoney Music Group
Melodicness
Acousticness
Valence
Danceability
Energy
BPM119

Credits

PERFORMING ARTISTS
AbroBey
AbroBey
Performer
COMPOSITION & LYRICS
Yevgeniy Voyshyev
Yevgeniy Voyshyev
Composer
Abror Tursunniyozov
Abror Tursunniyozov
Lyrics
PRODUCTION & ENGINEERING
Ma'murjon Obrahmatov
Ma'murjon Obrahmatov
Producer

Lyrics

Yetmay yiqilgani qancha
Ko'rmay ishongani qancha
Jim yig'lab, indamagan qancha
Bilib turib aytmagani qancha
Uzoqdan uzilgani qancha
Yaqin turib sog'ingani qancha
Bitta sabab chidaganlar qancha
Ko'p yillik afsuslar qancha
"O'tib ketar bu kunlar" ham deb yillar o'tar
Har kuni daydib-daydib-daydib umrim o'tar
Yolg'izmasman, yolg'iz bo'lsam sabrim bitar
Kechalari daydib-daydib-daydib umrim o'tar
O'ylab qolasan ikki o'rtada
Yuraging ziq, ko'p gap bor ortida
Har biri qadrli, o'ylab charchadim
Ketaymi yo o'zim qochib barchadan?
Umidim bor, hali izmiga tushar, deb
Ko'pi ketib, ozi qoldi ishon, deb
Juda ko'p cho'zilar kundan kun qadar
Kechikma, tanlashga ulgur vaqtida
Hechdan ko'ra kech
Bosh qotir, tugunlarni yech
To'g'ri, oson emas bir martada
Meniyam bir ko'zim sahnada, bir ko'zim orqada
Ko'ngilning ko'chasi keng
Eng odil qaror bilan ket
Sevardim, ketdim majbur orqaga
Ko'zida yosh bilan ketdi boshqaga!
Yetmay yiqilgani qancha
Ko'rmay ishongani qancha
Jim yig'lab, indamagan qancha
Bilib turib aytmagani qancha
Uzoqdan uzilgani qancha
Yaqin turib sog'ingani qancha
Bitta sabab chidaganlar qancha
Ko'p yillik afsuslar qancha
Ulg'ayib, tanlab, boshlab yurishni
Har xil yo'llari bor yashab o'tishni
Qaltis mas'uliyati qaror qilishni
Shu hal qiladi uchish yo botishni
Tasavvurlarim berar ko'p xalal
To'g'ri yashashga berar ko'p zarar
Hayotning shu qismi ezib har taraf
Yashaging keladi bo'lib betaraf
Ko'rdim
Jondan o'tib ketdi, gapirmadi o'zgartirmay deb
Ko'rdim
Orzudan kechdi, ko'z yumdi men kech qoldim deb
Ko'rdim
Yo'lining yarmida yengdi ikki o't, ketdi mengamas deb
So'nggi pushaymon — dushman, yasha xohlaganingdek
"O'tib ketar bu kunlar" ham deb yillar o'tar
Har kuni daydib-daydib-daydib umrim o'tar
Yolg'izmasman, yolg'iz bo'lsam sabrim bitar
Kechalari daydib-daydib-daydib umrim o'tar
"O'tib ketar bu kunlar" ham deb yillar o'tar
Har kuni daydib-daydib-daydib umrim o'tar
Yolg'izmasman, yolg'iz bo'lsam sabrim bitar
Kechalari daydib-daydib-daydib umrim o'tar
Written by: Abror Tursunniyozov, Yevgeniy Voyshyev
instagramSharePathic_arrow_out􀆄 copy􀐅􀋲

Loading...