album cover
Etyud
album cover
Etyud was released on July 3, 2026 by RizaNova as a part of the album Oq - EP
AlbumOq - EP
July 3, 2026
LabelRizaNova
BPM61
Melodicness
Acousticness
Valence
Danceability
Energy

Lyrics

Otmaydi bugun tong,
Ikkimiz qolamiz uyda, ishon.
Tark etmas bizni oy,
Ikkimiz yonamiz uyda, ishon.
Yoqilmas hech chiroq,
Ikkimiz porlaymiz uyda, ishon.
Azroyil kelsa-da,
Ikkimiz chorlaymiz uyda, ishon.
Men seni quchoqlab olgancha qolaman,
Men seni quchoqlab o'lgancha qolaman,
Men sevgim quchoqlab yongancha qolaman.
Savollar qiynadi: nega men qolaman?
Nechun men qolaman?
Uyda men qolaman.
Bir o'zim qolaman.
Qo'llaring tutaman ohista,
So'nggi bor mana bugun.
Yuragim uzilar qo'qqisdan,
O'rnida qolar tugun.
Bu tanam uzilib bor hisdan,
Dardlarim qilib etyud.
Judayam ayanchli bu qissa,
Nafasing ichingga yut.
Qo'llaring tutaman ohista,
So'nggi bor mana bugun.
Yuragim uzilar qo'qqisdan,
O'rnida qolar tugun.
Bu tanam uzilib bor hisdan,
Dardlarim qilib etyud.
Judayam ayanchli bu qissa,
Kelgin-da, qulog'ing tut.
Sevgilim, sen uchun,
Kechaman dunyoni bari lazzatidan.
Sevgilim, sen uchun,
Kechyapman bir dengiz dardu hasratimda.
Sevgimni sen uchun,
Ko'tarib o'tayin yolg'iz savlatimda.
Sevgimni sen uchun
Qilaman izhor har bitta satrda.
Hayotim mitti zari,
Men uchun bitta san.
Gullarni eng go'zali,
Men uchun bitta san.
To'ymaydi bu ko'zlarim,
Qalb senga kasal.
Yodingda tut so'zlarim:
Men uchun bitta san.
Written by: Otabek Axmedov
instagramSharePathic_arrow_out􀆄 copy􀐅􀋲

Loading...