album cover
QADDINGNI KO‘TAR
1
Pop
QADDINGNI KO‘TAR was released on August 2, 2026 by RUSTAM MUSIC as a part of the album QADDINGNI KO‘TAR - Single
album cover
Release DateAugust 2, 2026
LabelRUSTAM MUSIC
Melodicness
Acousticness
Valence
Danceability
Energy
BPM87

Credits

PERFORMING ARTISTS
Roxila
Roxila
Performer
COMPOSITION & LYRICS
Rustam
Rustam
Songwriter

Lyrics

[Verse 1]
Har bir sinov ichra bir hikmat yashar,
Sochlaringga erta yog‘dirmagin qor.
Ota uying tor-u, ko‘ngling keng bo‘lar,
Yolg‘iz ayol, qaddingni baland tut.
[Verse 2]
Yig‘lab, bukib qo‘yma nozik qaddingni,
Gap-so‘zga topshirma aziz joningni.
Sen eplaysan, tanigin o‘z kuchingni,
Yolg‘iz ayol, qaddingni baland tut.
[Verse 3]
Yuragingda hali umidlar uyg‘oq,
Ko‘zlaringda so‘nmas bir yorug‘ chiroq.
Sen yiqilsang, farzandingga bo‘lar og‘ir,
Yolg‘iz ayol, qaddingni baland tut.
[Verse 4]
Qaddingni ko‘tar, ey yolg‘iz ayol,
Sen hali hayotga aytarsan savol.
Ko‘z yoshing ortida kuching bor bisyor,
Qaddingni ko‘tar, ey yolg‘iz ayol.
[Verse 5]
Qaddingni ko‘tar, boshingni egma,
Noh haq so‘zlar uchun yuragingni ezma.
Sen onasan, tog‘san, o‘zingni yengma,
Qaddingni ko‘tar, ey yolg‘iz ayol.
[Verse 6]
Yomonlar qilmishin Allohga topshir,
Sabr bilan yurak olovini bosgin.
Bolalaring ertasi uchun yashagin,
Yolg‘iz ayol, qaddingni baland tut.
[Verse 7]
Ko‘z yoshiga asir bo‘lmagin zinhor,
Qayg‘u kelar-ketar, qolmaydi takror.
Sen onasan, bag‘ring dunyodan ham keng,
Yolg‘iz ayol, qaddingni baland tut.
[Verse 8]
Nohaq so‘z oldida tiz cho‘kma aslo,
Yomon nigohlarga bosh egma aslo.
Kuzlar ortidan ham bahor kelar-ku,
Yolg‘iz ayol, qaddingni baland tut.
[Verse 9]
Qaddingni ko‘tar, ey yolg‘iz ayol,
Sen hali hayotga aytarsan savol.
Ko‘z yoshing ortida kuching bor bisyor,
Qaddingni ko‘tar, ey yolg‘iz ayol.
[Verse 10]
Qaddingni ko‘tar, boshingni egma,
Noh haq so‘zlar uchun yuragingni ezma.
Sen onasan, tog‘san, o‘zingni yengma,
Qaddingni ko‘tar, ey yolg‘iz ayol.
[Verse 11]
Atrofga boq, gullar ochilar yana,
Rayhonlar hid sochar sen yurgan xona.
Kulging bilan rang ber bu keng dunyoga,
Sen yarashgansan-ku baxtli zamonga.
[Verse 12]
Yaralaring bir kun kuchga aylanar,
Ko‘z yoshing o‘rnida kulgular qolar.
Bugun yolg‘iz bo‘lsang, ertaga bahor,
Qaddingni ko‘tar, oldinda yo‘llar bor.
[Verse 13]
Qaddingni ko‘tar, ey yolg‘iz ayol,
Sen hali hayotga aytarsan savol.
Ko‘z yoshing ortida kuching bor bisyor,
Qaddingni ko‘tar, ey yolg‘iz ayol.
[Verse 14]
Qaddingni ko‘tar, boshingni egma,
Noh haq so‘zlar uchun yuragingni ezma.
Sen onasan, tog‘san, o‘zingni yengma,
Qaddingni ko‘tar, ey yolg‘iz ayol.
[Verse 15]
Sen kuchlisan, qalbingda bahor…
Yolg‘iz ayol, qaddingni baland tut…
Written by: Rustam
instagramSharePathic_arrow_out􀆄 copy􀐅􀋲

Loading...