album cover

Soya

126Pop2026
album cover
Soya was released on October 9, 2026 by RizaNova as a part of the album Soya - Single
ReleasedOctober 9, 2026
LabelRizaNova
BPM94
Melodicness
Acousticness
Valence
Danceability
Energy

Lyrics

​​soxa, you making crazy
Ay, mm
SMS yozaman yana, oʻchiraman qayta
«Recently» Telegramda, yana kutaman paytim (Ye)
Oʻqib, tabassum qilar, oʻylab qolaman ba’zan (Ay)
Aslida u uchun Jovoh navbatdagi pazl
Qorongʻu tong, yana oʻzimda emasman
Sport yoki ПП'danmas yoʻqotilgan massa
Shamol emas tuygʻularim — buni senga aytsam
Imkoniyatni boy berardim, oʻsha kunga qaytsam
Hayolingda yoʻqman, goʻyo Holland, Piter Parker
Ilojing boʻlsa, meni hayollarimni tark et
Bu shunchaki melanxoliya yoki kuzning ta’siri (Ye)
Har doim boxor boʻl, oʻzingni asra
Yunusobod Tower, yomgʻir, Commes des Garçons kedalar
Ikki yil oʻtgach, bir oʻzim shu yerdanam ketaman
Koʻrsam, tanimiy oʻtaman, bu berilgan va’da
Каждому такого, чтобы душа была рада
Tunlari koʻchangdan oʻtsam, derazangda qidirdim soyangni
Qaniydi, qalbim unutsa, balki shuyam boʻlar kifoya
Tunlari koʻchangdan oʻtsam, derazangda qidirdim soyangni
Qaniydi, qalbim unutsa, balki shuyam boʻlar kifoya (qarz)
Qoʻlimda eski telefon, lekin pul haqidamas gap
Sanga yozgan xatlarimga shu telefon maskan
Vaqt oʻtgani sayin xotira oʻchib ketmas ekan
Qalb bilan muzokara qilib, soʻrayman qarzga yana
Hozir ahvoling yaxshimi?
Bilaman, ba’zida koʻz yosh toʻkasan, yashirib
Ichingdagini aytmasding, keltirib gʻashimni
Muzqaymoq nomi esimdamas, lekin yashili
Ay, atiringni birdan sezardim
Uncha qimmatmas, lekin hidi koʻpga yetardi
Eski kiyimlarni titkilab, qilganda tartib
Koʻylagimdan qabul qildim kutilmagan zarba
Qidirdim sani oʻqilmagan kitoblarda
Sogʻ odam qayerdan ham bilardi betob dardin?
Xavotir olma, bir kun qalbim topadi taskin
Eski telefon qoʻlimda, pul haqidamas gap
Mm, pul haqidamas gap
Mm, pul haqidamas gap
Mm, pul haqidamas gap
Mm, pul haqidamas gap
Tunlari koʻchangdan oʻtsam, derazangda qidirdim soyangni
Qaniydi, qalbim unutsa, balki shuyam boʻlar kifoya
Tunlari koʻchangdan oʻtsam, derazangda qidirdim soyangni
Qaniydi, qalbim unutsa, balki shuyam boʻlar kifoya
Balki shuyam boʻlar kifoya
Written by: Javohir Yakubov, Sanjar Xolmatov, Suxrobbek Baxtiyorov

Shazam Footer

Select language:
Google Play Store
Apple App Store
Chrome Web Store
Galaxy Store

Follow Us

Loading...