album cover

Nega

Pop2026
album cover
Nega was released on November 13, 2026 by RUSTAM MUSIC as a part of the album Nega - Single
ReleasedNovember 13, 2026
LabelRUSTAM MUSIC
BPM109
Melodicness
Acousticness
Valence
Danceability
Energy

Lyrics

[Verse 1]
Gunohingiz ortirib chunon,
G‘iybat qilib to‘ymaysiz nega.
O‘z holimga qo‘yasiz qachon,
Yashagani qo‘ymaysiz nega.
[Verse 2]
O‘zingizdan yasab bechora.
Yuraklarni qilasiz pora.
Nega buncha ichingiz qora,
Yashagani qo‘ymaysiz nega.
[Verse 3]
O‘xshatasiz meni zolimga.
Ko‘z tikkan siz topgan molimga.
Meni qo‘ying o‘zim holimga.
Yashagani qo‘ymaysiz nega.
[Verse 4]
Gapga quloq solmaysiz sira.
Nasihatni olmaysiz sira.
Burun suqib to‘lmaysiz sira,
Yashagani qo‘ymaysiz nega.
[Verse 5]
Bormi yaqin biror kishingiz.
Kelmaydimi sizning ishingiz.
Qiladigan yo‘qmi ishingiz.
Yashagani qo‘ymaysiz nega.
[Verse 6]
Qiziq emas borasiz qayon.
Kimligimni qilasiz bayon.
O‘zim holim o‘zingga ayon.
Yashagani qo‘ymaysiz nega.
[Verse 7]
Jonga tegdi g‘iybat so‘zingiz.
Niqobdasiz yopiq yuzingiz.
Kamingiz yo‘q aslo o‘zingiz,
Yashagani qo‘ymaysiz nega.
[Verse 8]
To‘g‘ri gapni suymaysiz nega.
G‘iybat qilib to‘ymaysiz nega.
Meni qo‘ying o‘zim holimga,
Yashagani qo‘ymaysiz nega.
Written by: Maktuba Shaydo, Rustamhuja Mamatxonov, Shohjaxon Juraxonov

Shazam Footer

Select language:
Google Play Store
Apple App Store
Chrome Web Store
Galaxy Store

Follow Us

Loading...