Lyrics

Yillar o'taverar ekan go'yoki kun Foniy narsa yo'qolib topilar mazmun Bu uzundan-uzun tunda... O'zim bilan o'zim yolg'iz bugun Yeah... Asl ma'no yo'lida yo'ldan uradi xato Boqiy emish muhabbat, bir kunlik, bo'ldi xato Do'st deb ishonganin, bo'lib chiqar ekan chato Dilimning tubida ado bo'lib yig'lar sato Yuragim ezilganda, kimga aytaman ayt? Faqat Onam indamay tinglardi dardlarimni Yo'llarimdan adashib qolganimda men, shu payt Faqat Otam ochardi yumilgan ko'zlarimni Sevgilimga sevaman deb aytaman bemalol, ammo... Negadir unutaman aytishni sizlarga shuni Sizlarni sevaman! Sizlarni sevaman! Sizlarni sevaman! Xudo bergan har kuni! Ko'nglimdagi navo... Ko'krakdagi havo... Otam-Onam! Ko'nglimdagi navo... Ko'krakdagi havo... Otam-Onam! Yagonam! Bunchalar jim bo'lmasa, bunchalar sokin Yaqining bo'lmaganda vaqt o'tar sekin Dunyoda eng qimmat narsalar aslida bo'lar ekan, tekin Esimda hali do'stlarim aytganlari menga: "Yoningdagi sohibjamol pul uchun atiga" Yana esimda sohibjamol aytgan so'zlari: O'sha do'stlariz bir kun kelib, pulga sotadi" Arosat orasida men chekganimda ozor Bag'riga bosib onam aytgandi: "Bir bor, bir umrga sen shu narslarni eslab qol! Bu dunyoda chin do'stlik, haqiqiy muhabbat bor" Qo'ng'iroq qilganimda kerak bo'lganda yordam Hech kim javob bermasa ham... Javob berar Otam Yonizda bo'laman, bir umr qolaman... Siz uchun o'laman... Kerak bo'lsa bir kuni! Ko'nglimdagi navo... Ko'krakdagi havo... Otam-Onam! Ko'nglimdagi navo... Ko'krakdagi havo... Otam-Onam! Yagonam! Ko'nglimdagi navo... Ko'krakdagi havo... Otam-Onam! Ko'nglimdagi navo... Ko'krakdagi havo... Otam-Onam! Ko'nglimdagi navo... Ko'krakdagi havo... Otam-Onam!
Writer(s): Shokhrukh Shadmanov Lyrics powered by www.musixmatch.com
instagramSharePathic_arrow_out