歌词
Bo'ldi yo'llarimiz ayro
Baxt endi adam sarob
Bunga taqdirmi rahnamo?
Sevgim bo'ldi motamsaro
Yurak o'zgani sevmaydi
Mayin shamollar esmaydi
Hayollar og'ushidan laylim
Sani visoling ketmaydi
Eslarmi mendayin, o'tkan kunlarni
Yuzimda samimiy, edi kulgular
Topib bo'larmikan, o'tmish onlarni
U bilan baxtiyor, edi dilginam
Endi erkalamas, bu qaro ko'zlar
Erta tong mahali, uyg'otmaydi hech
O'zgaga hech ham, intilmaydi dil
Men afsus o'zimni, unutib qo'ydim
Endi yeg'lidi osmonlar
Mani dardimga mastona
Ne qilay borarim mayxona
Bevafo taqdirni adoyiman
Endi yig'laydi osmonlar
Bo'lib yo'limda parvona
To'rt devor ichinda g'amxona
Taqdirni aks ila adoyiman
Qorong'u xonadaman, tunggi soat ikki chama
Qo'limda qalam ila, to'lib borar sahifa
Kuyladim sevgidan, sevilmagan bo'lsamda garchi
Muhlislarim aytishadi "zo'r chiqibdi" har safar
To'kaman qo'shiqlarda yuragimdagi alam
Berildim orzularga garchi bo'lmasada naf
Cho'lda bir darveshdan farqim yo'q man so'fiy
Muhabbati armon bo'lgan Navoiy
Begona bo'ldi bahor, eslamiydi lolalar
Sevgimizni hotirlab, chop etar maqolalar
Men uni sevaman lek, meni sevadi o'zga
Netayin ikki o'tni, orasida yonaman
Ahir bu sevgi ekan, shoir qildi qanchasin
Kimdadur buzilgan asab, millionlab yozildi asar
Qayda qoldi hislarim, be'mano bo'lib dardisar
Taslim etdi shoxlarni, men ham bir savdoyiman
Endi yeg'lidi osmonlar
Mani dardimga mastona
Ne qilay borarim mayxona
Bevafo taqdirni adoyiman
Endi yig'laydi osmonlar
Bo'lib yo'limda parvona
To'rt devor ichinda g'amxona
Taqdirni aks ila adoyiman
Endi yeg'lidi osmonlar
Mani dardimga mastona
Ne qilay borarim mayxona
Bevafo taqdirni adoyiman
Endi yig'laydi osmonlar
Bo'lib yo'limda parvona
To'rt devor ichinda g'amxona
Taqdirni aks ila adoyiman
Written by: Seero7


