制作

出演艺人
Xamdam Sobirov
Xamdam Sobirov
表演者
作曲和作词
Shaxboz Fayzullayev
Shaxboz Fayzullayev
作词
Mirjalol Nematov
Mirjalol Nematov
作曲
Doniyor Ahmedov
Doniyor Ahmedov
编曲

歌词

Qara yo'llar baxtga emas,
Armonlarga boshlar nega.
Qara hijron dilga ozor,
Ko'zlarimni yoshlar nega.
Yuzlarim kulmas hech qachon,
Ko'zlarim kulmas hech qachon.
Qara taqdir qalbga kuvonch,
Bermas bag'rim nishlar nega.
O'ylaymanu lekin sening,
Tomon qadam tasholmayman.
Dil og'ritib, achchiq so'zlab
Ko'zlaringni yoshlolmayman.
Kech deymanu yuragimga,
Ishqdan kecholmasam netay.
Mensiz yashaysanu lekin,
Tushun sensiz yasholmayman
Darak berib qo'ysang netar,
O'ylaganim o'zing axir.
Xolim so'rab qo'ysang yetar,
Kuylaganim o'zing axir.
Yulduzlarga qarab tunlar,
Yulduzimni axtararman.
Har so'zimda tildan qo'ymay, So'zlaganim o'zing axir.
Darak berib qo'ysang netar,
O'ylaganim o'zing axir.
Xolim so'rab qo'ysang yetar,
Kuylaganim o'zing axir.
Yulduzlarga qarab tunlar,
Yulduzimni axtararman.
Har so'zimda tildan qo'ymay, So'zlaganim o'zing axir.
Sog'inib, talpinib mening,
Tomon qadam bosib kelsang,
Qanchalar sog'inganimni,
Ko'zlarimdan qarab bilsang.
Bu qandayin jafo bo'ldi,
Yuraklarga ozor bo'ldi.
Unutay qandayin seni,
Axir xayolimdadursan.
O'ylaymanu lekin sening,
Tomon qadam tasholmayman.
Dil og'ridib, achchiq so'zlab,
Ko'zlaringni yoshlolmayman.
Kech deymanu yuragimga,
Ishqdan kecholmasam netay.
Mensiz yashaysanu lekin,
Tushun sensiz yasholmayman.
Darak berib qo'ysang netar,
O'ylaganim o'zing axir.
Xolim so'rab qo'ysang yetar
Kuylaganim o'zing axir.
Yulduzlarga qarab tunlar,
Yulduzimni axtararman.
Har so'zimda tildan qo'ymay, so'zlaganim o'zing axir.
Written by: Mirjalol Nematov, Shaxboz Fayzullayev
instagramSharePathic_arrow_out

Loading...