歌词
Hayot - o'rmon tulkisi
Och bo'riga o'xshaydi
Tiz cho'kib yo'lbarslari
Najot so'rab yig'laydi
Hayot - hayot, odamlar
Goh odamga o'xshamas
Xokisor qalb yig'laydi
Yetim nolon to'xtamas
Hayot - osmon yulduzi
Armon deydi eskilar
Shohni ham, gadoni ham
Mehmon deydi eskilar
Hayot - karvon uyasi
Sahrodan suv so'raydi
Sabrning kosasiga
O'rgimchak to'r o'raydi
Hayot - sharob, quyilib
Kayf yarmida tugaydi
Bag'irlar kabob bo'lib
Kir ko'rada tutaydi
Hayot - bevafo go'zal
Hech kimga qilmas vafo
Bandang bilib bandangni
Asragin qodir, Xudo
Hayot - bekat, keladi
Va ketadi qanchalar
Kimdir mag'rur yashaydi
Kimdir ostona yalar
Hayot - achchiq haqiqat
U kimga ham yoqardi
Haqni haq bilganlarning
Go'rda sochi oqardi
Written by: Tohir Mahkamov


