歌词
Ey do'st
Birga tug'ilmadik, o'lmaymiz birga
Ey do'st
Ko'nglimni senchalik bilolmas o'zga
Har qachon yonimda bo'lolding tirgak
Ey do'st, ey do'st, ey do'stim
Ey do'st
Egilsam turarding qaddimni tutib
Ey do'st
Bergan azoblarim ichingga yutib
Qololding men bilan barin unutib
Ey do'st, ey do'st, ey do'stim
Boringga ming shukur saodatimsan
Alloh in'om etgan omonatimsan
Akamsan, ukamsan, qiyomatimsan
Ey do'st, ey do'st, ey do'stim
Goh hayot zarbidan botganda terga
Mashaqqatni yengdik yelkama-yelka
Ne davonlar bo'lsa oshamiz birga
Ey do'st, ey do'st, ey do'stim
Ey do'st, ey do'st, ey do'stim
Ne kelsa boshingga sherikman men ham
Sening ham koringga yararsan degan
Borimni sen bilan ko'rgayman baham
Ey do'st, ey do'st, ey do'stim
Ey do'st, ey do'st, ey do'stim
Boringga ming shukur saodatimsan
Alloh in'om etgan omonatimsan
Akamsan, ukamsan, qiyomatimsan
Ey do'st, ey do'st, ey do'stim
Ey do'st, ey do'st, ey do'stim
Written by: Jaloliddin Ahmadaliyev


