音乐视频

音乐视频

制作

出演艺人
Yulduz Usmanova
Yulduz Usmanova
表演者
作曲和作词
Yulduz Usmanova
Yulduz Usmanova
词曲作者

歌词

Huv toshlarga qor tushar,
Bog'larda anor pishar.
Qachon mening tog' qalbim
Sen bog' bilan topishar?
Huv toshlarga qor tushar,
Bog'larda anor pishar.
Qachon mening tog' qalbim
Sen bog' bilan topishar?
Ey, tog'dagi mag'rur qush,
Sovuq toshga bosma to'sh!
Huv darada bir qiz bor,
Yostig'ining yarmi bo'sh...
Cho'qqidagi qoya tosh
Yolg'izlikdan egar bosh.
Yakkalasa yomg'irlar
Ko'zlaridan to'kar yosh.
Cho'qqidagi qoya tosh
Yolg'izlikdan egar bosh.
Yakkalasa yomg'irlar
Ko'zlaridan to'kar yosh.
Bog'da ham bir tanho gul,
Tanholiqdan a'lo gul,
Ko'z yoshiga yuz yuvar,
So'ngsiz g'amlarga mashg'ul.
Sen yolg'izsan, men - diqqat,
Ikkimizga yo'q shafqat.
O'rtamizda ovora –
Sarson bo'ldi muhabbat...
Sen yolg'izsan, men - diqqat,
Ikkimizga yo'q shafqat.
O'rtamizda ovora –
Sarson bo'ldi muhabbat.
Sarson bo'ldi muhabbat,
Sarson bo'ldi muhabbat,
Sarson bo'ldi muhabbat.
Muhabbat...
Written by: Yulduz Usmanova
instagramSharePathic_arrow_out

Loading...