音樂影片

音樂影片

積分

演出藝人
Ulug'bek Rahmatullaev
Ulug'bek Rahmatullaev
演出者
詞曲
Ulug'bek Rahmatullaev
Ulug'bek Rahmatullaev
詞曲創作

歌詞

Erkatoyim, jon o'g'lim,
Ko'zlaringni yum, o'g'lim,
Senga tilayman yana
Bir hayrli tun, o'g'lim.
Orzulari osmon bo'l,
Sen Rustamu doston bo'l,
Kim bo'lsang ham, unutma:
Eng avvalo inson bo'l!
Bo'ldi endi jim, o'g'lim,
Ko'zlaringni yum, o'g'lim,
Senga tilayman yana
Bir hayrli tun, o'g'lim.
Sen sevib tinglaydigan
Ertaklarni aytaman,
Ko'zlaringga termulib,
Yoshligimga qaytaman.
Erkatoyim, jon o'g'lim,
Ko'zlaringni yum, o'g'lim,
Senga tilayman yana
Bir hayrli tun, o'g'lim.
Boshing silab, bir zumda
Tarqab ketar charchog'im.
O'zimning erkatoyim,
O'zimning ovunchog'im.
Ko'zingni och, tur o'g'lim,
Yurt kezamiz yur, o'g'lim.
Senga tilayman yana
Bir hayrli kun, o'g'lim.
Written by: Ulug'bek Rahmatullaev
instagramSharePathic_arrow_out

Loading...