Lyrics

Qahringiz qattiq ekan, Doshlaridan qo'rqaman. Men g'animning minnatli Oshlaridan qo'rqaman. Ko'nglingizning ko'chasiga Kirmasak, ayblay bermang. Ko'nglimizning ko'shkiga Bemehr bo'ylay bermang. Kul bo'lmayin, Kuydim-kuydim demang, Jon bermayin, Suydim-suydim demang. Yarashmagan, yolg'on so'zlar aytib, Chin sevgiga Yo'ydim-yo'ydim demang. Hiloli yo'q tun nadur, Quyoshi yo'q kun nadur, Yig'lamang, yarashmasa, Yolg'on nadur, chin nadur? Jonimda bir chashma bor, Unga qancha tashna bor. Bu dunyo bozorida Men vafoga xaridor. Kul bo'lmayin, Kuydim-kuydim demang, Jon bermayin, Suydim-suydim demang. Yarashmagan, yolg'on so'zlar aytib, Chin sevgiga Yo'ydim-yo'ydim demang.
Writer(s): Feruza Jumaniyozova Lyrics powered by www.musixmatch.com
instagramSharePathic_arrow_out