Lyrics

Erta bahor yomg'irlar yog'ganda, Ko'cha atrof gullar bilan to'lganda, Ertalabdan magazindan qaytarman, Kecha yozgan ashulamni aytarman. Bir go'zal qiz turar edi bekatda, Qani men ham paydo bo'lsam o'shatda. Qo'limda non, sochlarim bir axvolda, Usti-boshim hamma achinarli bir holda. Bahor kelib jiyda gullaganda Asalari qo'nar ekan gullarga. Sevgi humor, salom sevishganlarga, Ishlar qaley, привет janonalarga. Шестсотый mersim bo'lganida mani Manziliga eltardim bu qizchani. Aylantirib moshinamda yurardim, Signal chalib ko'chalarni kezardim. Lekin afsus, hatto xushtagim yo'qdir, Buzuq мопед, do mersa mne uzoqdir. Qizning ko'zi qandaydir bir kitobda, Sho'r peshonam yaltiraydi oftobda. Bahor kelib jiyda gullaganda Asalari qo'nar ekan gullarga. Sevgi humor, salom sevishganlarga, Ishlar qaley, привет janonalarga.
Writer(s): Jahongir Poziljonov Lyrics powered by www.musixmatch.com
instagramSharePathic_arrow_out