Lyrics

Shabnam bo'lib gullarning bag'rida, Navo bo'lib kuylarning avjida, Qalbingdan izladim tinmay sevgi Shamol bo'lib sen tomon uchar edim, Seni deb har nedan kechar edim, Hech asrayolmading lekin meni Anglay olmay balki ko'zlaringdan Menga bo'lgan qalbing tuyg'ulari Uchib ketarman, sen meni izlama Uchar qizning nolasin tinglagin, Sen endi tunlar yolg'izsan, anglagin, Endi meni samodan izlagin Xayr, alvido Yo'q balki senikiday yuragim, Mening balki senga yo'q keragim, Lekin senga borimni berib sevardim Yaxshi-yomon gaplarimga kechir, Goh ustun kelar ekan g'urur, G'urur ila ikki tomon ketding nega? Anglay olmay balki ko'zlaringdan, Menga bo'lgan qalbing tuyg'ulari Uchib ketarman, sen meni izlama Uchar qizning nolasin tinglagin, Sen endi tunlar yolg'izsan, anglagin, Endi meni samodan izlagin. Xayr, alvido
Writer(s): Nilufar Usmonova Lyrics powered by www.musixmatch.com
instagramSharePathic_arrow_out