Music Video
Similar Songs
Credits
PERFORMING ARTISTS
Shakhzoda
Performer
COMPOSITION & LYRICS
Zilola Musayeva
Lyrics
Lyrics
Armonda yolg'izman endi, qara,
O'ylanib yasharman kunlar sanab,
Yolg'izim, yagonam sen, derding,
Qalbimda qoldirding bitmas yara.
Ko'zlarim izlaydi seni hamon,
"Qayta ko'rarmanmi?", deya har on.
Hayotimga nogoh kirib kelding,
Naqadar baxtli edim senla, ishon.
Axir men o'sha – baxtim izlagan,
Men o'sha – topib ayrilgan,
Men o'sha – taqdirga tan bergan men.
Axir men o'sha – seni sog'ingan,
Men o'sha – qalbi bo'lingan,
Men o'sha – sevib yo'qotgan men,
Baxt izlagan men.
Sevgimiz manzillarida yolg'iz,
Umidvor kutarman seni, esiz.
O'zimdan kechib, bir seni sevib,
Suyanganimda qoldimmi sensiz?
Ko'zlarim izlaydi seni hamon,
"Qayta ko'rarmanmi?", deya har on.
Hayotimga nogoh kirib kelding,
Naqadar baxtli edim senla, ishon.
Axir men o'sha – baxtim izlagan,
Men o'sha – topib ayrilgan,
Men o'sha – taqdirga tan bergan men.
Axir men o'sha... Men o'sha...
Men o'sha... Baxt izlagan men...
Axir men o'sha – baxtim izlagan,
Men o'sha – topib ayrilgan,
Men o'sha – taqdirga tan bergan men.
Axir men o'sha – seni sog'ingan,
Men o'sha – qalbi bo'lingan,
Men o'sha – sevib yo'qotgan men,
Baxt izlagan men
Writer(s): Shahzoda
Lyrics powered by www.musixmatch.com