Слова

Begona, san manga-manga bo'lding begona, Yolg'iz baxtim eding san yagona, Yuragimdagi eding bir dona, dona-dona, dona. Bilmadim nimaga, ishonib ketding aytgin kimlarga? Uchdingmi o'tkinchi tuyg'ularga? Axir berilgandik orzularga, armon bo'ldi bir umrga. Bo'lishi mumkin emas, deb o'ylardim, Voz kechib ketasan shunchalar oson, sotasan arzon. Qiymati yo'q ekan san uchun xuddi yonib ketgan gul kabi, Tuyg'ularni etding yakson. Bilmadim nimaga, kim tushdi oraga? Sani bunchalar yomon tomon o'zgarib ketishingga Sababchi ayt, kim o'sha inson? Sani shunchalar o'z domiga tortibdi, ishon. Yuragimda sevgini to'ldirib-to'ldirib, O'zingga ishontirib, ko'ndirib, Dilimda izing qoldirib-qoldirib, Shunchalar ketarsan oson. Yuragimda sevgini to'ldirib-to'ldirib, O'zingga ishontirib, ko'ndirib, Dilimda izing qoldirib-qoldirib, Shunchalar ketarsan oson. O'ylama, san mani, mani-mani o'ylama, Qanday yashashni o'zim bilaman, Tobora, bora-bora ko'naman va bunga ishonaman. Bilasan bir kun qaytib yonimga kelasan, Buni o'zing ham sezasan, Go'yoki bildirmay turasan, lek taslim bo'lasan. Yodingdami o'sha kun, sani uchratganimda yog'ardi yomg'ir, Balki bugun bunchalar bo'lmasdi og'ir yog'maganida yomg'ir. Ha mayli, yomg'ir bir sabab, axir bu hammasi taqdir. Bugun ham yog' yomg'ir, faqat yuvgin dardlarim, Voz kechay bir umrga unga bo'lgan hislarim. Qani endi ko'z oldimdan ketsaydi bu ko'zlaring, Yuragimdan o'chirib ket qo'yib ketgan izlaring. Yuragimda sevgini to'ldirib-to'ldirib, O'zingga ishontirib, ko'ndirib, Dilimda izing qoldirib-qoldirib, Shunchalar ketarsan oson. Yuragimda sevgini to'ldirib-to'ldirib, O'zingga ishontirib, ko'ndirib, Dilimda izing qoldirib-qoldirib, Shunchalar ketarsan oson.
Writer(s): Shaxboz Nosirjonov Lyrics powered by www.musixmatch.com
instagramSharePathic_arrow_out