Слова

Yana yolg'on, yana o'sha so'zlar Tobora bora bu yuragim sevgidan muzlar Qiynalib, o'ylab o'tirmay yana bahonalar Xohlasang oq yo'l, ochiq oralar Mana endi xohlaganingcha qil xatolar Bu xatolar o'zingga bo'lar hali jazolar Tuyg'ular ustiga to'kilar xazonlar Sevgimizning osmonida bugun to'zonlar San uchun endi yo'q hech qanday chegara Mani yuragim san uchun emas ijara Agar ketar bo'lsang, unda qolib ketma Tushlarimda ham, iltimos, bezovta qilma Baribir bir kun kelib voz kechib ketasan Qachonlardir baribir unutilasan Yuragimdan o'zingni butkul olib ket Yolg'onlaring zanjiridan mani uzib ket Qiynalar dil, dil, dil Sog'inchlardan yana og'riydi ko'ngil Dil, dil, og'riqlarga bardosh bermadingmi Dil, dil, dil, ne bo'lsa ham lekin unga baribir, baribir Mayli, o'zing xohlaganingcha yashayver O'zing tanlagan yo'ldan to'xtama ketaver Man sani ko'p bora qaytarishga urindim Oxiri bo'lmadi, ortimga chekindim Sani xayollaring o'zga bilan ovora Mani hislarim san uchun umuman begona Nega yuragimga o'zingni chizib ketding So'ngra shuni bila turib mani tark etding Nima uchun shuncha azob, bormidi qasding Tobora bora oxiri bildimku asling Ilk bor uchratganimda farishtamisol eding Nega bugun shayton vasvasalariga uchding Man uchun dushmanimmisan, yoki yaqinim Bilolmadim, shu savol bermaydi tinim Qani endi o'chib ketsa edi xotiram Shuncha dilim og'ritganing qilmasdi alam Qiynalar dil, dil, dil Sog'inchlardan yana og'riydi ko'ngil Dil, dil, og'riqlarga bardosh bermadingmi Dil, dil, dil, ne bo'lsa ham lekin unga baribir, baribir
Writer(s): Shaxboz Nosirjonov Lyrics powered by www.musixmatch.com
instagramSharePathic_arrow_out