Слова

Shoshma fevral, sokin shahar, Uni hamon sog'inmoqdaman. To'xta fevral, mahzun tunlar Uni tinmay kutmoqdaman. Shoshma fevral, so'nggi mahal Biz kutgan qor yog'averar. To'xta fevral, yurak so'rar, Sen ketsang, u ham ketar. Yo'llar uzun, hamrohim tun, Yolg'izlanib qolgandekman. Sensiz shahar ichra bugun O'zimni yo'qotgandekman. Maydalab tomchilar, yomg'ir yog'averar, Berkitgandek ko'z yoshimni. Vaqt to'xtamay o'taverar, Go'yo sinab bardoshimni. Shoshma fevral, sokin shahar, Uni hamon sog'inmoqdaman. To'xta fevral, mahzun tunlar Uni tinmay kutmoqdaman. Shoshma fevral, so'nggi mahal Biz kutgan qor yog'averar. To'xta fevral, yurak so'rar, Sen ketsang, u ham ketar. Sevmayman, deb aytgin bir bor, Sevgan ko'zlarimga qarab. Sen yiroqlab ketding nogoh, Yashayabman kunlar sanab. Orzular manzili doim birga edi, O'xshardik bir-birimizga. So'nggi bekat o'zga bo'ldi, Yetolmadik sevgimizga. Shoshma fevral, sokin shahar, Uni hamon sog'inmoqdaman. To'xta fevral, mahzun tunlar Uni tinmay kutmoqdaman. Shoshma fevral, so'nggi mahal Biz kutgan qor yog'averar. To'xta fevral, yurak so'rar, Sen ketsang, u ham ketar.
Writer(s): Benom Guruhi Lyrics powered by www.musixmatch.com
instagramSharePathic_arrow_out