Создатели

ИСПОЛНИТЕЛИ
Uzmir
Uzmir
Исполнитель
Mira
Mira
Исполнитель
МУЗЫКА И СЛОВА
Bahodirjon Ahmedov
Bahodirjon Ahmedov
Композитор

Слова

U menga boqardi tovlanib,
Men esa yotardim o'ylanib,
To'yingga bormadim zorlanib,
Lekin ketdi qoldim xo'rlanib.
Jonim sening to'ying kechasi,
Sherdayin uvoz solarman,
Seni sevib qolgan nechasi,
Aybim bilib tunda qolarman.
Azizim yig'lamaydi!
Meni deb yuradi ko'cha daydib,
Tashlab ketyapman, meni u tushunmaydi,
Nomim bevafo Layli!
Gunohkorman seni oldingda,
Kechir meni donam,
Majbur qildi axir meni ota onam,
Onam!
Unutib, Unutib,
Qolding begona bilan,
Uzilib, uzilib,
Yurak charchadi biram.
To'kilib, to'kilib,
Yondim xazonlar bilan,
Sotilib, sotilib,
Narxing qolmadi dilam.
Yuragim poralab,
Yurding ko'cham oralab,
Azobing saralab,
Qolding derazam mo'ralab.
Shoshilib, shoshilib,
Ketdim xatolar tomon,
Meni sevganing yomon.
Hamon!
Ko'zimda yosh ustim yaltiroq,
Nahot endi o'rtada firoq,
Umidimni uzib ketaymi?
Ahdlarimni buzib ketaymi?
Oppoq libos kiydim, sengamas,
Otam aytdi: "bizni tengimas",
Ey, oxirgi bor so'ngi iltimos,
To'yimga kel ko'ray shu xolos.
Mahallang tomon, qadam bosarman,
Kuyov bolani, ko'rsam osarman,
Yuragimga go'r, qazib ko'milgan Gulim,
Yetmadi pulim, meni qarshilar o'lim.
Sovchilarimga rad javob berib,
Yoqib ketdi balki ko'ksini kerib,
Mahallamizdan bugun badarg'a bo'lib ket,
Marddek baxt tilab, qo'ydim baxtinga yet.
Unutib, Unutib,
Qolding begona bilan,
Uzilib, uzilib,
Yurak charchadi biram.
To'kilib, to'kilib,
Yondim xazonlar bilan,
Sotilib, sotilib,
Narxing qolmadi dilam.
Yuragim poralab,
Yurding ko'cham oralab,
Azobing saralab,
Qolding derazam mo'ralab.
Shoshilib, shoshilib,
Ketdim xatolar tomon,
Meni sevganing yomon,
Hamon!
Written by: Bahodirjon Ahmedov
instagramSharePathic_arrow_out

Loading...