Lyrics

Ohu kabi kezganda ham go'zallar, Qosh-u ko'zin suzganda ham go'zallar, O'z yo'liga solganda ham go'zallar, Uydagi yor-farishtangni yig'latma. Yolg'on yorga berma aql-u xayoling, Sarob jilvasiga solma kamoling, Alloh ravo ko'rgan juft-u haloling, Uydagi yor-farishtangni yig'latma. Yig'latma-yig'latma, yig'latma-yig'latma, Uydagi yor-farishtangni yig'latma. Yig'latma-yig'latma, yig'latma-yig'latma, Uydagi yor-halolingni yig'latma. Yuzing burma oftobingdan, taftingdan, O'zga baxt yo'q halolingdan, baxtingdan. Qaytgin endi bu xatoying, shahdingdan, Uydagi yor-farishtangni yig'latma. Buzgin endi gunohlaring qasrini, Unut endi nomahramning vaslini, Ey Sadoiy, bilsang yomon kasrini, Uydagi yor-farishtangni yig'latma. Yig'latma-yig'latma, yig'latma-yig'latma, Uydagi yor-farishtangni yig'latma. Yig'latma-yig'latma, yig'latma-yig'latma, Uydagi yor-halolingni yig'latma. Yig'latma-yig'latma, yig'latma-yig'latma, Yig'latma-yig'latma, yig'latma-yig'latma. Yig'latma-yig'latma...
Writer(s): Sardor Mamadaliyev Lyrics powered by www.musixmatch.com
instagramSharePathic_arrow_out