Lyrics

Aldanganmi zor yig'lar osmon, Kiprigimga tomchilar og'ir. Aldanganmi zor yig'lar osmon, Kiprigimga tomchilar og'ir. Darddan zada, qayg'uga oshyon Yuragimga sanchilar yomg'ir. Darddan zada, qayg'uga oshyon Yuragimga sanchilar yomg'ir. Bo'g'zim uzra yonar qo'rg'oshin, Zil ko'ksimda tuyg'ular og'rir. O'z qo'lim mushtlagan boshim Bilmam nega siypalar yomg'ir, Oh, o'z qo'lim mushtlagan boshim Bilmam nega siypalar yomg'ir. Yomg'ir, yomg'ir, Yuragimga sanchilar yomg'ir. Bor dunyoning to'rt tomonida Xiyonatlar yoygan keng tomir, Nopoklarning kir tovonidan Asrolmayman, yanchilar yomg'ir. Umr bir qur telbaning darsi, Vujud avval, rux esa oxir. Nomardlarning kasofat kasrin Yuvib o'tar farishta yomg'ir, Nomardlarning kasofat kasrin Yuvib yog'ar farishta yomg'ir. Yomg'ir, yomg'ir, Yuvib o'tar farishta yomg'ir. Yomg'ir, yomg'ir, Yuragimga sanchilar yomg'ir. Yuragimga sanchilar yomg'ir.
Writer(s): Shohjahon Jo'rayev Lyrics powered by www.musixmatch.com
instagramSharePathic_arrow_out