album cover
masofalar
9
Hip-Hop/Rap
masofalar was released on October 17, 2025 by NOTHUSH Uzbekistan as a part of the album faktotum
album cover
Release DateOctober 17, 2025
LabelNOTHUSH Uzbekistan
Melodicness
Acousticness
Valence
Danceability
Energy
BPM122

Credits

PERFORMING ARTISTS
qarz
qarz
Performer
Madinabonu
Madinabonu
Performer
COMPOSITION & LYRICS
Холматов Санжар Ибрагимович
Songwriter
Адылова Мадинабону Алишеровна
Songwriter

Lyrics

(Koinot bepoyonmi?)
(Oxiri yoʻq manzillar)
(Oʻgʻirladi hayolim)
(Tanangdan oʻtgan simlar)
(Nega koʻzlaring ma’yus?)
(Adashdingmi yoʻlingdan?)
(Yoki yolgʻizlikdan hanuz)
(Yaralar bor koʻnglingda?)
Masofalar oramizda, manzillar olis
Nega yillar oʻtib ham seni izlar borim?
Ortingdan kezarman jim, oʻzga yoʻllar qolib
Bepoyon tubsizlikmi birga boʻlsak, ahvolim?
Masofalar oramizda, manzillar olis
Nega yillar oʻtib ham seni izlar borim?
Ortingdan kezarman jim, oʻzga yoʻllar qolib
Bepoyon tubsizlikmi birga boʻlsak, ahvolim?
Bahorni unutgan qaldirgʻoch singari
Manzil noaniq, toʻrt tomonim — Qibla
Eslasam nechchi bor qanotlar singanin'
Bor vujudim qayta badanimda titrar
Yoʻl beshafqat, oʻrin yoʻq ehtirosga
Tuygʻular boʻlindi ikkiga, ildiz osti
Balki kimsan, yolgʻizlik bizga mosdir
Ketishing talabin' qabul qil, iltimosdek
Koinotda oʻrin yoʻq
Yuragim intilar galaktikalar osha bepoyon
Yo koʻzimga koʻrindi, yo oʻngimda boʻlding namoyon
Ayt, bu ne oʻyin?
Bor-u yoʻgʻim nomalum uchar jismdek
Yulduzlarni yoqdim bir bor koʻrsin deb
Bagʻrimni kuydirarding har nafasda
Yonishga tayyordim, lek boʻgʻding-ku simdek
Ayt, nimani xohlarding?
Asrlar davomida umuman yerga qaytmaslikmi?
Sal teginsam, portlarding
Borliq cheksiz, lekin hayot yoʻq pastlikda
Yillar osha uchaman, noma’lum manzil
Aytolmagan gaplarim goʻyo qarzim
Yetib olishga sal qolganda, shunchaki
Izingdan kuzatish bu hayot tarzim
Koinot bepoyonmi?
Oxiri yoʻq manzillar
Oʻgʻirladi hayolim
Tanangdan oʻtgan simlar
Nega koʻzlaring ma’yus?
Adashdingmi yoʻlingdan?
Yoki yolgʻizlikdan hanuz
Yaralar bor koʻnglingda?
Masofalar oramizda, manzillar olis
Nega yillar oʻtib ham seni izlar borim?
Ortingdan kezarman jim, oʻzga yoʻllar qolib
Bepoyon tubsizlikmi birga boʻlsak, ahvolim?
Masofalar oramizda, manzillar olis
Nega yillar oʻtib ham seni izlar borim?
Ortingdan kezarman jim, oʻzga yoʻllar qolib
Bepoyon tubsizlikmi birga boʻlsak, ahvolim?
(Koinot bepoyonmi?)
(Oxiri yoʻq manzillar)
(Oʻgʻirladi hayolim)
(Tanangdan oʻtgan simlar)
(Nega koʻzlaring ma’yus?)
(Adashdingmi yoʻlingda?)
(Yoki yolgʻizlikdan hanuz)
(Yaralar bor koʻnglingda?)
Written by: Адылова Мадинабону Алишеровна, Холматов Санжар Ибрагимович
instagramSharePathic_arrow_out􀆄 copy􀐅􀋲

Loading...