album cover
shamol
48
Hip-Hop/Rap
shamol was released on October 17, 2025 by NOTHUSH Uzbekistan as a part of the album faktotum
album cover
Release DateOctober 17, 2025
LabelNOTHUSH Uzbekistan
Melodicness
Acousticness
Valence
Danceability
Energy
BPM179

Music Video

Music Video

Credits

PERFORMING ARTISTS
qarz
qarz
Performer
Hilola G'ayratova
Hilola G'ayratova
Performer
COMPOSITION & LYRICS
Холматов Санжар Ибрагимович
Songwriter
Гайратова Хилола Рустам кизи
Songwriter

Lyrics

Shamol ortidan yugurgan toʻzondek toʻkilgan barglar nolasi
Sensiz bu dunyo zindondek, sen bilan chiqsin tilka porasi
Yoningda bir soʻz aytolmayman, lek asarlar yozgim bor asli
Yorugʻlikka intilishdan qoʻrqar afsus kuygan yuragim qorasi (Ye)
Bir bora sevgan qalblar naqadar ojiz
Unutishga intilar, taqdirdan qochib
Tiklab boʻlmasa koʻzguni, boʻlsa chilparchin
Yana vaqt imkon beradimi yo ichi achib?
Orqaga qarab yurmasa soat millari
Eshigimni qoqmasa oʻtgan yillarim
Yomgʻir ikkimiz uchun tunda yigʻladi
Yoki sani koʻz yoshlaringmidi? Shuni bilmadim
Sochlaringni oʻynatsam, shamolday buzib
Qoʻllaringga teginolsa bir bora yuzim
Tunlari soyang boʻlardim, goʻyo kunduzi
Faqat koʻzlari sanga oʻxshasin, tugʻilsa qizim
Xayollarim soʻnggi paytda har tomon uchar
Atrofimda har bir inson haq oʻzicha
Shimollarga qarab ketsam yana san tomon
Kuchim qolmasa bagʻrimga kel oʻzing, telba shamol
Toʻkilgan barglar nolasi, ular kabi vaqtimiz kam
Sovuqdek qalbing soyasi. Muzlaganmi baxtimiz ham?
Afsus va gʻamlarni unutib yoningga borgim kelar ba’zida
Bir soʻz aytmasdan ham bagʻringga kirolsam qalbing derazasidan
Tomirlaringda oqqan qon kabi tanang boʻylab keladi yugurgim
Muhim emas-ku endi qolgani, bag’ringga bos, tashvishni unutgin
Egnimdagi koʻylagim tebratib, qoʻllarimdan tutsang ohista
Yolgʻiz payting kel yonimga, qaytib, bilmay qidirsang nimadir istab
Javobi yoʻq goʻyo savollar
Qalbimni qidirgin samoda
Koʻrgim kelsa ham har zamonda
Lekin xayolim oʻgʻirlar shamollar
Bir bora sevgan qalblar naqadar ojiz
Unutishga intilar, taqdirdan qochib
Tiklab boʻlmasa koʻzguni, boʻlsa chilparchin
Yana vaqt imkon beradimi yo ichi achib?
Orqaga qarab yurmasa soat millari
Eshigimni qoqmasa oʻtgan yillarim
Yomgʻir ikkimiz uchun tunda yigʻladi
Yoki sani koʻz yoshlaringmidi? Shuni bilmadim
Written by: Гайратова Хилола Рустам кизи, Холматов Санжар Ибрагимович
instagramSharePathic_arrow_out􀆄 copy􀐅􀋲

Loading...