album cover
Olcha guli
album cover
00:00
00:10
00:25
00:30
00:40
00:55
01:05
01:10
01:35
01:40
02:10
02:25
02:45
00:00
03:26
Past 7 Days
Olcha guli was discovered most frequently at around 1 minutes and 40 seconds into the song during the past week

Lyrics

Shamol silkib olcha gulin ayamay to'kib ketdi
Sevaverdim sevging yurak choklarin so'kib ketdi
Olcha gulin a'lo bilib xazonni titib ketdi
Hislarimni dorga ilib yuragib sitib ketdi
Sharqiragan soyning suvi o'padi qirg'oq poyin
Yuragimdek taxtni tashlab poygami borgan joying
Oymomoni oyimsiz deb yulduzdan hol so'rayman
Sen o'zgaga qarab ketsang peshanamdan ko'ray man
Majnuntolning suvga yetmay sabri sindi zorlanib
Sevar edim jondan ortiq aytolmadim orlanib
Ketgan bahor qayta-qayta kelaverar uyalmay
Ko'ngil berib qo'yganimni armondaman suyolmay
Armonlarni ohga bog'lab halinchak qilib uchdim
Dedim rozi bo'lsin onam sevmagan yorni quchdim
Dardlarimni ko'tarolmay halinchak ham uzilmasin
Qizlar sevmay rozi bo'lmang baxt uyi hech uzilmasin
Armonlarni ohga bog'lab halinchak qilib uchdim
Dedim rozi bo'lsin onam sevmagan yorni quchdim
Shamol silkib olcha gulin ayamay to'kib ketdi
Sevaverdim sevging yurak choklarin so'kib ketdi
Olcha gulin a'lo bilib xazonni titib ketdi
Hislarimni dorga ilob yuragib sitib ketdi
Written by: Zulayho Boyhonova
instagramSharePathic_arrow_out􀆄 copy􀐅􀋲

Loading...