album cover
KETAYAPMAN
album cover
KETAYAPMAN was released on October 8, 2026 by RUSTAM MUSIC as a part of the album Bevafo
AlbumBevafo
October 8, 2026
LabelRUSTAM MUSIC
BPM90
Melodicness
Acousticness
Valence
Danceability
Energy

Lyrics

[Verse 1]
Men ketayapman
Ko‘zda yoshlar qotib qolsin
So‘ngi tonglar mudramastan otib qolsin
Tosh diydangiz armonlarga botib qolsin
Ketayapman sizdan kechib
Men ketayapman
Ko‘zda yoshlar qotib qolsin
So‘ngi tonglar mudramastan otib qolsin
Tosh diydangiz armonlarga botib qolsin
Ketayapman sizdan kechib
[Verse 2]
Ko‘kda suzgan parqu bulut tarqab ketsin
Kunlar kelib ohlaringiz haqqa yetsin
Roziman-ey kunlaringiz mensiz o‘tsin
Ketayapman sizdan kechib
Yomonlarning nag‘masiga ming yorg‘alab
Armonda siz yolg‘on ishqni siz erkalab
Uvol bo‘lgan muhabbatga qo‘l siltalab
Ketayapman sizdan kechib
Ozoringiz endi qalbdan o‘chirmayman
Ishorimni baytlarimga ko‘chirmayman
Ming yolvoring hatoyingiz kechirmayman
Ketayapman sizdan kechib
Dunyo rangsiz hissiz endi ko‘zlarimga
Mung uyalab oldi qarang yuzlarimga
Intiq bo‘ling endi shirin so‘zlarimga
Ketayapman sizdan kechib
[Verse 3]
Oymamoga so‘ylay endi sirlarimdan
Munchoq qilib taqay anduh zorlarimdan
Rozi bo‘lib o‘sha yug‘u borlarimdan
Ketayapman sizdan kechib
Ozorlardan bu vujudim diydiraydi
Bir-bir chakda o‘ksik nigoh jovdiraydi
Kela qol ishq olib ketay seni mayli
Ketayapman sizdan kechib
Kechirmayman kelib bir kun zorlar qiling
Ko‘z yosh to‘king ming yolvorib ming urgiling
Mayli mening yuragimga armon bo‘ling
Ketayapman sizdan kechib
Ketayapman
instagramSharePathic_arrow_out􀆄 copy􀐅􀋲

Loading...