album cover
Ona
448
Hip-Hop/Rap
Ona was released on December 21, 2024 by Bakhrom Primkulov Music as a part of the album 7
album cover
Album7
Release DateDecember 21, 2024
LabelBakhrom Primkulov Music
Melodicness
Acousticness
Valence
Danceability
Energy
BPM119

Credits

PERFORMING ARTISTS
Shahriyor
Shahriyor
Performer
Oliver M Smith
Oliver M Smith
Piano
COMPOSITION & LYRICS
Bakhrom Primkulov
Bakhrom Primkulov
Songwriter
PRODUCTION & ENGINEERING
Oliver M Smith
Oliver M Smith
Producer
Bruno Ellingham
Bruno Ellingham
Mixing Engineer
Bakhrom Primkulov
Bakhrom Primkulov
Co-Producer
Jason Mitchell
Jason Mitchell
Mastering Engineer

Lyrics

...Onajon, bormisiz sogʻu salomat?
Men sizni sogʻindim. Sogʻindim gʻoyat.
Meningmi? Ishim zoʻr! Ha, jonim omon!
Shunchaki, sogʻinib keldim, onajon.
Hech kimni chaqirmang... Bu aziz oqshom
Diydorga toʻyaylik, avval ikkovlon.
Ona, koʻzingizda nechun xavotir?
Sogʻu salomatman! Ishoning, axir!..
Ona, choyni oʻzim damlayin bu gal!
Bilaman, qaerda kishmishu asal.
Qoʻying! Tashvish tortmang, boʻlmang bezovta,
Kim xizmat qiladi? Men-da! Albatta!
Ha, konfet keltirdim! Ozgina!..
Bizga berardingiz...Oʻsha! Ha, oʻsha!
Negadir quvonib, jilmayib bir dam –
Bu ishdan u ishga ketish oldidan –
Farzandlaringizni etgani xursand
Konfet berardingiz! Xuddi oʻsha qand!
Sizga tayyorlayman hozir... bir nima...
Dimlama! Albatta, sergoʻsht dimlama!
Ammo kelishaylik – goʻshtni men tomon
Surmasdan, oʻzingiz eysiz, onajon.
Pomidor, piyozni toʻgʻrayman oʻzim –
Bugun, mayli, mening yoshlansin koʻzim.
Mayliga yoshlansin! Piyoz bahona –
Bugun yigʻlab olay, ona, pinhona!
Esimda! Esimdan chiqmaydi hech ham –
Somsa hidi anqir somsaxonadan!
Men nochor turibman olisdan qarab,
Havasdan qaqragan labimni yalab.
Somsaning boʻyidan aylanar boshim,
Negadir koʻzimdan oqmoqda yoshim!
Toʻkasiz hamyonda borin kaftimga,
Bir somsaga yetar – mening baxtimga!
Tishlayman! Naqadar totli somsa! O!..
– Oling!..
Uzataman sizga ham hatto!
Siz mendan baxtlisiz! Baxtlisiz u dam!
Jilmayib boqasiz: – Oʻzing ye, bolam!..
Nima? Nechun yigʻlay! Ona, ishim soz!
Oʻzi achchiq ekan qurgʻur bu piyoz.
Oʻtiring! Bir mehmon qilayin sizni,
Mana, ilib qoʻydim kamzulingizni.
Tapochkangizni ham qoʻydim botartib,
Mehr bilan artib, jon bilan artib.
Siz yayrab ovqatdan totinsangiz bas,
Idishlarni yuvish menga bir nafas...
Endi avvalgiday tin olib bir dam,
Ahmad Zoir aytgan xonishni tinglang.
Maylimi, romlarni qoʻyaman ochib,
Qoʻshiqdan taralgan gʻam ketsin qochib!..
Endi menga boqib, xuddi shohona
Taxtga oʻltirganday oʻltiring, ona.
Poyingizda goʻyo bo’s-bo’ston olam...
Axir, odam boʻldim, onajon, men ham.
Yomondan yaxshini farqiga bordim,
Ha, ba'zan adashdim – yoʻllardan toldim.
Bugun sizga aytay yana bir gapni:
Olib berganinigiz oʻsha koʻylakni,
Mushukni qutqazmoq uchun, onajon,
Daraxtga tirmashib yirtganim yolgʻon!
Ochigʻini aytsam – eminu erkin –
Men OʻSHA qiz uchun mushtlashgan edim.
Kechiring... Ha, yana kitob, globus
Uchun berganigiz pulga beafsus –
Ilk sevgi koʻyn Туғилган кунимни ida – aylab chin bayram! –
Tushgandim kinoga OʻSHA qiz bilan...
Nima?.... Bilasizmi... Xabardormisiz?..
Eng ulugʻ mehr – Siz, onajonim – Siz...
Choy iching, onajon... Men esa bu dam
Palapon haqida ertak soʻzlayman.
Baxtmi, baxtsizlikmi –jazm etdi Rahmon! –
Palapon yaraldi – chimdim etu jon.
Issiq-sovuqning u azobin koʻrdi.
Och-nahor kunlarning shitobin koʻrdi.
Yoʻqotish gʻamining ogʻusin totdi,
Xiyonat qalbiga xanjarday botdi.
Boshingga ne savdo solsa ham hayot,
Baribir ulgʻaydi! Chiqardi qanot!
Uchdi! Parvoziga liq toʻldi osmon!
Lochinga aylandi, ona, palapon!
Yer ham unikidir, unikidir koʻk...
Ammo u inini unutgani yoʻq!
Biladi, u joyda ajib sehr bor.
Mehr bor! Onajon, soʻngsiz mehr bor!
Endi, onajonim, gapirib beray,
Nevaralaringiz yuribdi qanday.
Oʻzimday sof ular, oʻzim kabi shoʻx.
Barchasi sogʻ-omon, kamchiligi yoʻq!
Ularga tikilib bunday qarasam,
Sizga ham oʻxshaydi ular! Sizga ham!
Ona, eslaysizmi?.. Qaysi bir kunda,
Qaysi bir faslda, qaysi bir yilda,
Yoshman-da! – koʻnglimning gapiga koʻndim...
Tugʻilgan kunimni oʻtkazmoqchi boʻldim!
Holbuki, ikkimi-uch oy avval ham,
Tugʻilgan kunimni etgandik bayram...
Kechqurun siz ishdan qaytsangiz charchoq,
Hovlida mehmonlar! Mehmonlar hamma yoq!
Amaki, togʻalar, necha xolalar,
Buvam, buvijonim, yana bolalar...
Tushunib yetgansiz boisin buni:
“Ha, bugun oʻgʻlimning tugʻilgan kuni!” –
Mehmonlar oldia solib dasturxon,
Kulib qutladingiz meni, onajon!
Bagʻri kengim mening! Suyanchim mening!
Erka onlarimda quvonchim mening!
Yana poyingizda oʻltiray bir dam...
Xuddi avvalgiday sochimni silang!
Sizning taftingizdan taralgan yogʻdu
Bizni falaklarga uchirsin!.. Yohu!..
O, parvoz!.. O, parvoz!.. Ona, uchyapmiz!..
Mehr qanotida dunyo quchyapmiz!
Tortish kuchi yoʻqdir! Yer–Osmon rozi!..
Bu baxtning parvozi!
...
Written by: Bakhrom Primkulov
instagramSharePathic_arrow_out􀆄 copy􀐅􀋲

Loading...