album cover
Do'stga
50
Hip-Hop/Rap
Do'stga was released on December 21, 2024 by Bakhrom Primkulov Music as a part of the album 7
album cover
Album7
Release DateDecember 21, 2024
LabelBakhrom Primkulov Music
Melodicness
Acousticness
Valence
Danceability
Energy
BPM164

Credits

PERFORMING ARTISTS
Shahriyor
Shahriyor
Performer
Oliver M Smith
Oliver M Smith
Piano
COMPOSITION & LYRICS
Bakhrom Primkulov
Bakhrom Primkulov
Songwriter
PRODUCTION & ENGINEERING
Oliver M Smith
Oliver M Smith
Producer
Bakhrom Primkulov
Bakhrom Primkulov
Co-Producer
Bruno Ellingham
Bruno Ellingham
Mixing Engineer
Jason Mitchell
Jason Mitchell
Mastering Engineer

Lyrics

...Qancha bahoru kuz oʻtdi-yu ketdi...
Senga xat yozmoq ham fursati yetdi.
Bir qoʻshiqni topdim setni oralab –
Xuddi oʻsha qoʻshiq! Oʻsha... “Bolalar”...
Osmonday musaffo kunlar shukuhi!
“Bolalar” guruhi! Oʻsmirlik ruhi!
Doʻstginam! Yonimda boʻlsayding bu on,
Holu ahvolim ham aylardim bayon...
Sen yoʻqsan... Voh! Yana ishga bormoq shart,
Bozorga ham tushmoq... Kunim mayda dard!
Ish – juda katta burch! Bozor – katta burch!
Bozordan roʻzgʻorga olaman guruch...
Xotiralar ulkan Vaqt oʻtgan sayin!
Togʻ kabi yelkamdan bosadi – tayin,
Har zamon, har soat boʻladi takror –
Qutulmoq bekordir, omonlik bekor!
Xotira toʻfoni!.. Bechora yurak!
Koʻzimga yosh kelar, zirqirar soʻngak...
Koʻnikib boryapman yoʻqligingga ham!
Endi sensiz oʻtar tantana-bayram!
Garchi sogʻinch dogʻi oʻrtar dillarni,
Sensiz kutayapmiz Yangi Yillarni.
Sensiz borayapman toʻylarga-oshga,
Biroq endi toʻylar shukuhi boshqa...
Bir afsusu nadomat oʻrtaydi meni,
Toʻylarda yonma-yon oʻltirsak edi…
Men sening koʻchangdan goho oʻtaman,
Esimga tushasan, aziz doʻstginam.
Yoshlik!.. Begʻuborlik esimga tushar,
Koʻksimni yirtguday bir ingroq uchar.
Nega buncha ogʻrir bechora yurak?
Yurak yigʻlash uchun berilgan, demak...
Taqdirdan befoyda etmoq shikoyat.
Mozor. Taralmoqda bir mungligʻ oyat.
Bosh egib, koʻz yoshni yashirmoqdaman,
Doʻst seni tuproqqa topshirmoqdaman.
Shunchalar oʻtkirmi oʻlimning tigʻi?!
Jonimni titmoqda beomon yigʻi.
Vaqt – hakim, derdilar... Bu gaplar bekor!
Hozir ham koʻzimdan yoshim shashaqator...
Mendan yiroq edi akamu otam...
Birodar, sen eding dardimga hamdam.
Maslahat berarding ajib mantiqda,
Oʻrin qoldirmasdan shuhba, hadikka.
Esimda, koʻrichak ogʻrisa, shifo –
Qoʻyning dumbasi deb, etganding gʻavgʻo!..
Ayro tushmagansan mendan, doʻstginam!
Sen bilan suhbatlar qurganim qurgan...
Esingdami – nega, nima sababdan? –
Bir yil arazlashib yurdik – yurakdan!
Yoʻq! Yoʻq!.. Aldayapman... Esimda... Bois –
Skripka cholgʻuchi oʻsha... Oʻsha qiz!
Bizlar raqib edik. U suyukli jon
Birimiz tanlolmay ovora – sarson.
Oqibat ne boʻldi? Bu dunyo bir kam –
Senga ham boʻlmadi u qiz, menga ham!..
Hozir u shifokor! Ishida shahdli!
Hatto baxtlidir ham, ehtimol baxtli...
Oʻylasam, sha'n yoshlik naqadar nodon!
Doʻstlikda yashasak boʻlardi shodon.
Soylarda choʻmilsak boʻlmas edimi?
Mavjlarga choʻlgʻonsak boʻlmas edimi?
Yoki suhbat qursak tonglarga qadar,
Yurak boʻshaguvchi onlarga qadar,
Hal qilib tashlasak dunyo ishlarin –
Bugunu ertasin, oʻngu tushlarin...
Biz esa oʻrtada qurib dovonlar,
Arazlashib yurdik!.. Araz!.. Nodonlar!..
Qoʻymogʻim shart edi sen tomon qadam,
Qoʻymogʻing shart edi bir qadam sen ham –
Ikkov yakka-yakka kezardik, axir,
Oʻrtada doʻstlik bor – sezardik, axir...
Telefon raqaming oʻchmagan hamon.
Oʻchmasa... goʻyokim sen borsan omon!
Qoʻngʻiroq etsam ham, aytolmayman roz –
Axir, u raqamda oʻzga bir ovoz...
Agar hayot boʻlsang, ne xil boʻlarding,
Nedan soʻylar eding, ne deb kularding?
Balki avvalgidan shavqli boʻlarding,
Hazil loflar aytib, zavqli boʻlarding...
Bu bekor xayollar hozir ne uchun?
Seni qaytarmoqqa yetmaydi kuchim!..
“Yur, derding, bugun, doʻst, choyxonamiz bor...”
Yo oʻzga bir taklif… “Oʻltirma bekor!”...
Men esa bormoqdan tortar edim bosh...
Bugun eslayapman koʻzlarimda yosh!
Derding: “Oʻlib ketsam, eslaysan, nodon!”
Bu soʻzlar ma'nosin anglayapman bu on.
Dunyoda ne borki, bildim, muvaqqat,
Tugʻilmogʻu oʻlmoq – achchiq haqiqat!
Erta ketding, doʻstim! Koʻp erta ketding...
Oʻzi shunday... Mudom oldinda eding.
Bu dunyoda shoshib qadam tashlading,
Bir qadam ilgari mendan yashading.
Bu dunyo asrorin yechganing sari –
Yoʻqlikka ham bording mendan ilgari...
Firdavs bogʻlarida dostonsan balki.
Qaro yer tagida osmonsan balki...
Qizim tugʻilganida, etgandik bayram!
Endi bayramlarda, doʻstginam, sen kam.
Men kimman? Qandayman? Bilmaysan endi,
Men ham kamolingni koʻrmadim seni.
Faqat bilamanki bori quvonch-gʻam
Yukini ikkovlon koʻrgandik baham.
Faqat zil dunyoni biz – ikki yovqur –
Yelkada tutmoqni etgum tassavur...
Ona shahrimiz ham zoʻr boʻlib ketgan!
Orzuday bir goʻzal maqomga yetgan.
Oʻsib-oʻlgʻaygandir dilbandlarimiz –
Oy-u quyosh kabi farzandlarimiz!
Ammo – bu suhbatga tushmasin soya! –
Dunyo pastligidan etmam hikoya!
Bayram kabi bir kun keladi! Bayram!..
Men suhbat quraman bollaring bilan!
Bayram libosini ular kiyadi
(Bayram lahzalarni yoshlar suyadi!),
Ularga sen haqda soʻzlab beraman,
Koʻzimdan yosh oqar, boʻzlab beraman,
Aytaman mehringu shoʻxliklaringdan,
Va hozir yonimda yoʻqliklaringdan,
Xotira titranib tilimdan oqar,
Dillarni yoqadi, dunyoni yoqar...
Ular eshitishar koʻzda yosh bilan...
Biz bilan yashaysan u dam... Biz bilan!..
Endi bir hikmatni aytay, doʻstlar –
Uyalmay yigʻlamoq damlari boʻlar!
Koʻz yoshu gʻussalar taloshi aro,
Baribir baxtliman, ey, doʻsti fano.
Axir, birga qancha qadam tashladik,
Yurakni yurakka berib yashadik,
Yashadik doʻstlikning sha'n hayotida,
Orzuyu armonning pok qanotida.
Ayon – seni menga mehr oni (billoh!) –
Doʻstlikni bilsin – yuborgan Alloh.
Yaxshilar! Doʻstlik koʻp ulugʻ ne'matdir,
Doʻstlikda ulugʻ ish – mehr bermakdir,
Doʻstga yuragingiz mehrini bering,
Shirin soʻzlaringiz sehrini bering!
“Yo, doʻst”, deng – yurakda togʻlar uʻygʻonsin,
Doʻst ogʻir kunlarda sizga suyansin.
Axir, bu dunyodan ketgani zamon,
Ming yigʻlang, “oh” urmang – qaytmas hech qachon!
Faqat xotiralar dilda yonadi,
Faqat afsus qolar, armon qoladi!
Surnaychi! Karnaychi! Chal mayin navo!
Men gʻussa raqsini etaman ijro!..
Written by: Bakhrom Primkulov
instagramSharePathic_arrow_out􀆄 copy􀐅􀋲

Loading...