album cover
Ota
108
Hip-Hop/Rap
Ota was released on December 21, 2024 by Bakhrom Primkulov Music as a part of the album 7
album cover
Album7
Release DateDecember 21, 2024
LabelBakhrom Primkulov Music
Melodicness
Acousticness
Valence
Danceability
Energy
BPM100

Credits

PERFORMING ARTISTS
Shahriyor
Shahriyor
Performer
Oliver M Smith
Oliver M Smith
Piano
COMPOSITION & LYRICS
Bakhrom Primkulov
Bakhrom Primkulov
Songwriter
PRODUCTION & ENGINEERING
Oliver M Smith
Oliver M Smith
Producer
Bakhrom Primkulov
Bakhrom Primkulov
Co-Producer
Bruno Ellingham
Bruno Ellingham
Mixing Engineer
Jason Mitchell
Jason Mitchell
Mastering Engineer

Lyrics

Alisher Kasymov, [19 Dec 2024 at 17:03:07]:
...Bolalikdan qolgan olis xotira,
Ota, xayolimdan ketmaydi sira.
Ba'zida oʻylayman hush edimi, tush...
Baland bir daraxtda in qoʻygandi qush.
Chugʻurlab turardi uch-toʻrt polapon,
Soʻrab mehrmi yo ushoqqina don.
Bir payt qush rizq izlab, uchib ketardi,
Qorinning gʻamiga tushib ketardi.
Oʻljami nimadir – donmi, chuvalchang,
Polaponlar uchun keltirar ildam.
Shunda bayram! Bayram! Dillari obod –
Qushlar chugʻurlashar oʻz tilida shod.
Bu holga boqardim, yetmay nafasim,
Havasim kelardi, ota, havasim!
Bu achchiq havasning boisimi siz?!
Chunki bizni tashlab ketgan edingiz.
Eh, aytaversam, boʻlmaydi ado,
Murgʻak qismatimda qanchalar savdo!
Bogʻchadan otasi olib ketayotgan,
Baxtiyor bolaga havasim kelgan.
Yoxud futbol oʻynab otasi bilan
Qiyqirgan bolaga havasim kelgan.
Yoki otasidan gunohi uchun
Tanbeh olgan bola men uchun havas...
Ota, aytaversam dardlarim uzun,
Borin aytay desam, qoʻshiq koʻtarmas.
Ota, madad kerak har bir odamga.
Bemadad sigʻmaydi yorugʻ olamga.
Oddiygina yoʻriq, joʻn bir maslahat,
Chin dildan duoyu, samimiy niyat –
Juda kerak boʻlgan bolalagimda,
Yosh bola dardini aytadi kimga?
Ota, boʻlmagansiz boshimda panoh,
Toshlarin otganda qismat banogoh:
Hayotga osilib, tirishganimda,
Yoki – oʻsmirlik-da! – urishganimda;
Nomardlar qoshida qolganimda lol,
Boshimga kelganda ming tugun savol;
Yoki ilk muhabbat etganda inkor,
Dardim bilan yolgʻiz qolganda nochor...
Dunyo boshim uzra charx urdi toʻzib,
Dunyo toshlaridan hatladim oʻzim –
Halolu haromni oʻzim farqladim,
Baʻzan olov oldim, baʻzan yaxladim,
Mardlikni oʻrgandim, orni oʻrgandim,
Halollik – eng aziz korni oʻrgandim.
Oʻyladim padarim boʻlganida, oh,
Naqadar mehrli boʻlardi dunyo!
Yolgʻizlik yomondir! Yolgʻizlik yomon!
Dunyo – mahobatli! Men – bir mitti jon!
Oʻzim yolgʻizlikda – kuyib, toʻliqib –
Yashashga intildim, ota, zoʻriqib,
Ba'zan toʻgʻri, ba'zan chalkashib ketdim,
Ne-ne savdolarda haq sari yetdim!
Naqadar yorishdi yuragim manim –
Yolgʻon va xiyonat boʻldi dushmanim!
Xalqda bir gap bor-ku... Ha... “Ota – davlat!”,
Meni shu boylikdan ayirdi qismat!
Bir oʻzing dunyo-la qolsang yuzma-yuz,
Non zaqqum boʻladi, ogʻu boʻlar tuz.
Yolgʻizlik sahrosi, ota, bepoyon,
Kezdim u sahroda hayronu giryon...
Faqat onajonim!.. Mehribon onam
Urindi – birovdan boʻlmaylik, deb, kam,
Birgina boshida ming bitta tashvish,
Uch joyda ishlaydi. Erta kechi – ish!
Maktabdan kelaman. Onam yoʻq. Ammo
Stolning ustida ovqat muhayyo.
Ertalab turaman. Onam yoʻq. Ishda.
Saharlab ketarlar yozda-yu qishda.
Ammo ovqat tayyor. Dasturxon yoziq.
Kiyimim ozoda – stulga osiliq.
Toki bu tanimda bor ekan jonim,
Sizga muhabbatim, ey, onajonim!
Ammo bolalikda otam ikkovlon,
Stol tegrasida – kulishib, shodon –
Suhbat qurishingiz etganman orzu!
Sezganman, baxt shudir! Eng ulugʻ baxt shu!
Derlar, “oʻlmagan qul boʻladi odam”,
Xudo ming shukur, ulgʻaydim men ham.
Ammo ming hasratga umrim chayilgan,
Qancha qanotlarim, ota, qayrilgan.
Qancha kunlarimni “qaytma”, deb quvdim,
Qancha yillarimni hasratga yuvdim.
Rostini soʻzlasam, dardim – behudud,
Qancha urinmayin – boʻlmaydi unut.
Aytarlar: “Eng katta shifokordir vaqt!”.
Ammo yuragimda hanuz jarohat –
Sizsiz kunlarimga ursam boshimni,
Tutib qololmayman koʻzdan yoshimni...
Bu qanday ofatdir, bu qanday ofat –
Nahot, kechirilmas, ota, xiyonat!
Falak charx uradi. Vaqt oʻtar tezkor.
Men ham endi ota – farzandlarim bor.
Ular nevaradir sizga! Chin ildiz!
Nevara baxtini bilmadingiz siz!
Ulgʻayib qolishgan – chiroyli, koʻrkam!
Ularni tassavvur etolmaysiz ham –
Ilk soʻz aytishganda quvonmagansiz,
Ularnining mehriga choʻlgʻonmagansiz.
Boshlarida soya boʻlganiningiz yoʻq,
Maktabga joʻnashgan – koʻrganingiz yoʻq.
Nimasini aytay, mening ham hatto,
Kamol topganimdan boʻlgansiz judo...
Fikratim oʻzgarar – ulgʻaydim men ham.
Balki siz dunyoda eng yaxshi odam,
Balki matonatli – yoʻqdir xabarim...
Balki mehringiz ham bordir, padarim?
Ehtimol sizni ham qovurgan taqdir,
Farzandni unutish osonmi, axir?
Sizning ham baxtingiz, ota, ehtimol
Qismat changalida topgandir zavol?
Beshafqat dunyoning ishi alomat...
Bari oʻtdi. Mayli, boʻling salomat.
U kunlar yaxshimi, yomon – ketgandir.
Ehtimol unutmoq fasli yetgandir...
Unutmoq!.. Yurakda na gʻam, na ogʻriq –
Hech hasrat qolmagan siz bilan bogʻliq.
Yo inson qismati – bemalol-malol! –
Yolgʻizligu gʻamga koʻnmoq ehtimol.
Koʻz oldimdan oʻtar u kunlar elas...
Endi xayollarim siz bilan emas!
Kuchim yetmas devdim – kuchim ham yetdi.
Unutmayman devdim – unutdim... Ketdi!..
Endi tushlarimda erkin uchaman.
Bebulut osmonnni ozod quchaman.
Ammo xayolimda zaminning yodi –
Daraxtda, hoʻv, oʻsha qushlar oshyoni.
Written by: Bakhrom Primkulov
instagramSharePathic_arrow_out􀆄 copy􀐅􀋲

Loading...